Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro hamkorlik aloqalarini yana kengaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Koreya bilan turli yo‘nalishlarda yaxshigina aloqalar davom ettirilmoqda.

Bugun Janubiy Koreyaning “Koreya tibbiyoti” ta’lim markazi mutaxassislari bilan davolash ishi, stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma fakultetlar ochish, qo‘shma o‘quv dasturlari tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Onlayn muloqotda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining umumiy amaliyot shifokorlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi mudiri G.Nazarova va ingliz tili o‘qituvchisi G.Daminova ishtirok etdilar.

Janubiy Koreya bilan xalqaro hamkorlik aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan onlayn muloqotda ikki tomon uchun foydali takliflar bildirdi, samarali shartnomalar imzolashga kelishib olindi.

ADTI axborot xizmati

87