Bugun, 29-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Qozog‘iston Respublikasidagi Emirmed universiteti rektori Dmitri Skyev bilan uchrashdi.
Mazkur universitet oliy ta’limdan keyingi ta’limni beruvchi muassasa hisoblanadi. Rektorlar ishtirokidagi muloqotda vrachlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Suhbat davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga kelishib oldi.
Ma’lumot uchun, Emirmed Qozozg‘istondagi eng katta klinikalar tarmog‘i hisoblanadi.