alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIKNING YANGI YO’NALISHLARINI TASHKIL ETISH MAQSADIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

22:31 07.06.2024

Bugun, 7-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Xitoy davlatidagi «Silk road»  nashriyoti rahbari, PhD, Xitoy-Yevropa ta’lim alliansi a’zosi Zang Hong Yan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xitoy tilidagi tibbiyotga oid kitoblarni hamkorlikda o’zbek tiliga tarjima qilish, xitoylik abituriyentlarni institutga jalb qilish,  oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar Xitoy xalq tabobatiga doir o’zbek tiliga tarjima qilingan kitoblarni institut rektoriga taqdim etdi.

Shuningdek, uchrashuvning asosiy masalalaridan bo‘lgan «Medical Chinesse»(tibbiy xitoy tili) yo‘nalishida tibbiyotga oid atamalardan iborat o’zbek va xitoy tillaridagi qo’llanmalarni yaratish masalalariga kelishib olindi.

Mehmonlarga milliy kulolchiligimiz namunalaridan sovg‘a qilindi. Shundan so‘ng, institutning axborot texnologiyalar markazi va yangi o‘quv binosi bilan yaqindan tanishtirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!