Bugun, 13-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va Grodno davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan ikki institut bolalar jarrohligi kafedralari o‘rtasida xalqaro “Yosh olimlar-2024” ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada har ikki tomondan talabalar va bolalar jarrohligi mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinator va magistrantlar ishtirok etdi. Konferensiyani har ikki tomondan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar S.Volf hamda K.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ular hamkorlik aloqalariga va konferensiya ishiga muvoffaqiyatlar tiladi.
Mazkur konferensiyani bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri B.Mirzakarimov va A.Glutkin olib bordi. Konferensiya kun tartibidagi bolalar xirurgiyasining urologiya, koloproktologiya, plastik jarrohlik va torakal jarrohlik yo‘nalishlari bo‘yicha yosh olimlar tomonidan tayyorlangan ilmiy maʼruzalar tinglandi. Maʼruzalar bo‘yicha qatnashchilarda tug‘ilgan savollar muhokama qilindi, hamda qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.