Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet tillarini oʻqitish tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlariga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro va milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar qoʻshimcha ustama bilan taʼminlangan. Mazkur oʻqituvchilar tomonidan esa sohalar yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha til kurslarida mashgʻulotlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkilotining ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan Linguaskill test tizimi yo‘lga qo‘yildi va O‘zbekistonda o‘tkazish imkonini beruvchi shartnoma va rasmiy ruxsatnomaga ega bo‘ldi.
Institutning Xorijiy tillar kafedrasi taklifiga binoan agentligi direktori o‘rinbosari Azimjon Husanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan talabalar o‘rtasida chet tillarini bilishni ommalashtirish, yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.