Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO OLIMLAR ISHTIROKIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANGA MAQOLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

12:18 17.09.2024

2024-yil 8-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkaziladigan “Tibbiyotda simulyatsion taʼlim: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusida xalqaro olimlar ishtirokidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.

Anjuman o‘tkazilish formati: gibrid (onlayn/oflayn).

Anjumanda simulyatsion o‘quv markazlari rahbarlari va tyutorlari, tibbiyotda simulyatsion o‘qitish mutaxassislari, tibbiyot OTM rahbarlari va professor-o‘qituvchilari, bakalavriat va magistratura talabalari, klinik ordinatorlar, barcha profil shifokor-mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari:

  1. Tibbiyot va tibbiy taʼlimda raqamli (virtual) texnologiyalar.
  2. Tibbiyot va tibbiy taʼlimda sunʼiy intellekt istiqbollari va xavflari.
  3. Oliy va uzluksiz tibbiy taʼlimda,  shuningdek,sog‘liqni saqlash amaliyotida simulyatsion o‘qitish.
  4. Tibbiy taʼlimda yagona o‘quv dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish, imitatsion modullarni baholashning standart tizimi masalalari.
  5. Tibbiyotda simulyatsion ishlar doirasida ilmiy-tadqiqot  ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish masalalari.

Maqola va tezislar 2024-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot va murojaat uchun telefon raqami: +998905712144.

Batafsil ma’lumotlarni axborot xatidan olishingiz mumkin.

Axborot xati o’zb

Skip to content Click to listen highlighted text!