Xalqaro olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuv o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Bugun, 12-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida bayramona shodiyona hukmronlik qildi. Institut foyesida Rossiya Federatsiyasi Stavropol davlat tibbiyot universitetida Normal fiziologiya fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada faxrli 2-o‘rinni egallagan  “Sharq yuragi” jamoasini oliygoh talabalari guldastalar bilan qarshi oldilar.

Institut ilmiy kengashlar zalida olimpiada g‘oliblari- davolash fakulteti 2-kurs talabalari G.Solijonova, K.Najmiddinova, M.Usmanov,E.To‘raev, farmatsiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi M.Mirzaxanova va dotsent A.Xudoyarovalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni ADTI rektori M.Madazimov ochib, xalqaro olimpiada ishtirokchilarini institut rahbariyati  va jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etdi. Normal va patologik fiziologiya kafedrasida sidqidildan bilim berib kelayotgan ustozlarga, fanlarni to‘liq o‘zlashtirib katta yutuqqa erishgan talabalarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan so‘ng, dotsent A.Xudoyarova so‘zga chiqib, xalqaro olimpiada jarayoni va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, institut rahbariyatiga, jamoani qo‘llab-quvvatlab turgan hamkasblariga, g‘olib talabalarga minnatdorchilik bildirdi.

G‘olib  talabalar ham o‘z  taassurotlarini to‘lqinlanib, faxr bilan gapirib berdilar.

Tadbir yakunida xalqaro olimpiada g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi. Institut rektori M.Madazimovga Stavropol davlat tibbiyot universiteti rektori nomidan “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

217