Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni, va bir vaqtning o‘zida ikkita diplom olishni xohlaysizmi?
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga to‘lov-kontrakt asosida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi uchun
QABUL E’LON QILADI
| № | Ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik | Xorijiy davlat nomi | Hamkor xorijiy OTM nomi | O‘qitish tili | Dastur shakli | ||
| SHifri | Nomi | ||||||
| BAKALAVRIAT | |||||||
| 1 | 5510400 | Stomatologiya | Rossiya Federatsiyasi Dagestan Respublikasi | Dagestan tibbiyot universiteti | Rus | 3+2 | |
| 2 | 60911300 | Parameditsina | Janubiy Koreya | Koreya milliy transport universiteti | O’zbek | 3+1 | |
| MAGISTRATURA | |||||||
| 3 | 5313000 | Tibbiyot biotexnologiyasi | Germaniya | Rostok universiteti | Ingliz, Nemis |
1+1 | |
Rossiya Federatsiyasi Dagestan tibbiyot universiteti
Qoʻshma taʼlim (ikki diplomli) dasturi — Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy maʼlumot olganligi toʻgʻrisidagi barcha xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi taʼlim dasturi.

Andijon Davlat tibbiyot instituti va Dogʻiston Davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik asosida “Stomatologiya” fakulteti tashkil topilgan boʻlib, bu “3+2” taʼlim tizimi asosida yuritiladi yaʼni kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar 3 yil davomida Andijon Davlat tibbiyot institutida 2 yil esa Dogʻiston Davlat tibbiyot universitetiga oʻqishini davom ettirish uchun shartnomada koʻrsatilgan tartibda Rossiya federatsiyasining Dogʻiston Respublikasiga joʻnatiladi.


Shuningdek, Andijon Davlat tibbiyot instituti va Koreya milliy transport universiteti “Parameditsina” yoʻnalishi qoʻshma taʼlim dasturi esa 2023-yildan oʻz faoliyatini olib borishni boshlagan boʻlib, bu yoʻnalish “3+1” programmasi asosida faoliyat olib boradi, yaʼniki kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar 3 yil davomida Andijon Davlat tibbiyot institutida 1 yil esa Koreya milliy transport universitetida tahsil olishadi.


Hozirgi kunda “Stomatologiya” yoʻnalishida 30 ta talaba “Parameditsina” yoʻnalishida esa 16 ta talaba toʻlov-kontrakt asosida tahsil olib kelmoqda.




ADTI qoʻshma taʼlim dasturi talabalari bilan ishlash fakultetida taʼlim olish afzalliklari:
– ADTI va xorijiy hamkor OTMlardan (DDTU yoki KMTU) birida bir vaqtning oʻzida taʼlim olish;
– Oʻzbekiston va chet elda nostrifikatsiyasiz ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom;
– Oʻqishga kirish va xalqaro darajada taʼlim olish uchun yana bir imkoniyat.
+998 74 223 94 50
+ 998 74 223 94 74
+998 74 237 23 12