alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO QO‘SHMA TA’LIM DASTURIDA O‘QISHNI VA BIR VAQTNING O‘ZIDA IKKITA DIPLOM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

23:06 16.07.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti 2021-2022-o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muasssasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturiga to‘lov-kontrakt asosida bakalavriyat mutaxassisligining Pediatriya ishi va Stomatologiya yo‘nalishlariga hamda magistratura mutaxassisligining tibbiyot biotexnologiyasi uchun qabul e’lon qiladi.

Siz Andijon davlat tibbiyot institutida bakalavriyat mutaxassisligida 3 yil ta’lim olganingizdan so‘ng, o‘qishni Rosiya federatsiyasining Dog‘iston, Ural  universitetlarida, Germaniyaning Rostok universitetida davom ettirishingiz mumkin.

Shuningdek, Germaniyaning Rostok universiteti va Andijon davlat tibbiyot institutlari bilan hamkorlikda biotibbiyot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi qoʼshma taʼlim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ya’ni Andijon davlat tibbiyot institutida 1-bosqichni tamomlaganingizdan so‘ng, 2-bosqichni Germaniyaning Rostok universitetida davom ettirib, 2 ta diplom egasiga aylanasiz.

Biotexnologiya mutaxassisligi boʼyicha bakalavr darajasiga ega boʼlgan (tibbiy biotexnologiya, molekulyar tibbiyot, biotibbiyot muxandisligi) bakalavriat bitiruvchilari ushbu mutaxassislik boʼyicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

1. Ingliz tilidan TOEFL (TOEFL) uchun kamida 90 ball. IELTS: kamida V 2 sertifikat.

2. Nemis tilidan esa Germaniya Akademik almashinuv xizmatidan (DAAD) Umumiy yevropa koordinatalari tizimi va UNIcert tizimining vakolat darajalariga muvofiq sertifikat: (C2 / UNIcert IV yoki C1) ega bo‘lishingiz talab etiladi.

Hujjatlar Andijon davlat tibbiyot institutining adti.uz rasmiy saytidagi “XALQARO QABUL 2021” bo’limi orqali onlayn topshiriladi.

Murojaat uchun manzil:
Andijon shahri, Yu.Otabekov koʼchasi 1-uy.
Tel: 74.2239474

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!