alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO TALABALAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

11:18 17.11.2021

XALQARO TALABALAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Andijon davlat tibbiyot institutining aziz talabalari!

Bir talaba muvaffaqiyatga erishganda ming bor yutuq olgandek his qilaman o‘zimni. Bunday iqtidorli va shijoatli, ulkan zafarlarni zabt etayotgan talabalarimizning safi kundan-kun ortmoqda. Bugungi kunda orangizda Davlat mukofoti, ko‘krak-nishoni sohiblari, nomdor stipendiya egalari, yangi innovatsion g‘oyalari bilan respublikamiz qatorida xalqaro miqyosdagi o‘rinlarni egallagan yoshlar ko‘p.

Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Tilagim parvozingiz baland bo‘lsin. Chunki Prezidentimiz tomonidan  ilgari surilayotgan har bir tashabbus Sizning yorqin istiqbolingiz uchun xizmat qilmoqda. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlovlarda g‘olib bo‘lish, ta’sis etilayotgan stipendiyalar nomzodligi o‘z qo‘lingizda! Siz bo‘lajak shifokorsiz, yetuk kadr bo‘lib yetishishingizda amaliyot jarayonlari muhim, albatta! Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi zamonaviy va yuqori texnologik jihozlar bilan ta’minlanish arafasida. Prezidentimizning bunday yuksak tashabbusida ulug‘vor maqsad mujassam.  Bir so‘z bilan aytganda, barcha imkoniyatlar Siz uchun! Yangi O‘zbekiston Siz bilan gullab-yashnaydi. Biz Sizga ishonamiz!

Hurmatli, talabalar! Bugungi bayramingiz bilan butun institut jamoasi nomidan yana bir bor tabriklayman. Barchangizga sog‘lik-salomatlik, o‘qish va ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilayman! Nurli ko‘zlaringiz faqat sevingchdan porlab tursin!

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!