Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO YOZGI O‘QUV MAKTABI FAOLIYATI NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGIDA DAVOM ETMOQDA

18:33 06.08.2024

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) nomli yozgi o‘quv maktabi mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Bugun kunning ikkinchi yarmida maktab qatnashchilari institutning yangi qurib bitkazilgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi bilan tanishdilar. Ularga institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov binoning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng, mentorlar tomonidan navbatdagi motivatsion mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda talabalarga guruhlarda ishlash va psixologik tayyorgarlikka oid bilimlar berildi. Turli qiziqarli o‘yinlar yordamida nazariy bilimlar yana-da mustahkamlandi.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tushutirib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!