Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokidagi “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) nomli yozgi o‘quv maktabining mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Bugun, 7-avgust kuni maktab mentorlari Sh.Toshboyev va D.Abdurahmonova tomonidan birinchi tez yordam ko‘rsatish va unda alohida e’tibor berish muhim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ustozlar tomonidan berilgan nazariy bilimlarni yana-da mustahkamlash maqsadida maxsus mulyajlar yordamida amaliy mashg‘ulotlar bajarildi.
Qatnashchilar trening davomida mavzu doirasida ko‘plab bilimlarga ega bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.