Joriy yilning 5-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiyot taʼlimini xalqarolashtirish, tibbiyot fakulteti talabalari oʻrtasida madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirish, xalqaro sogʻliqni saqlash sohasida bilim va tajriba almashish hamda ommalashtirish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam yoʻnalishi boʻyicha xalqaro yozgi maktab oʻz ishini boshladi.
“Pearl of valley” (Vodiy gavhari) IV xalqaro yozgi maktabiga Rossiya Federatsiyasi, Belorus Respublikasi, Tatariston, Pokiston davlatlaridan hamda respublikamizning Samarqand, Buxoro viloyatlaridan kelgan 13 nafar talabalar tantanali tarzda kutib olindi. Ularni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov boshchiligida fakultetlar dekanlari va maktab mas’ullari kutib oldi. Dastlab, bir hafta davomida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.
Ilk kundan boshlab amaliy mashgʻulotlarga start berildi. Unda qatnashchilar turli baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko’rsatishlari sinovdan o’tkazildi. Trenerlar tomonidan jarayonlar baholanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.