Joriy yilning 5-13-avgust kunlari Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) yozgi o‘quv maktabi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bugun, 13-avgust kuni maktab qatnashchilari yakuniy amaliy mashg‘ulotlarni bajardi. Ular uchun jonli tarzda yong‘in, avtohalokat voqealari sahnalashtirildi. Bu orqali trenerlar tomonidan qatnashchilarning o‘zlarini yo‘qotmagan holda jarohatlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlari amalda tekshirib olindi.
Mashg‘ulotlardan so‘ng, trenerlar tomonidan mashg‘ulot davomida kuzatilgan yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilindi. Ular yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mashg‘ulot jarayonlarini jonli chiqishida hamkorlik qilgani uchun Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv bo‘limi, Andijon viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga hamda institutning faol, ko‘ngilli yoshlariga minnatdorchilik bildiramiz.