Pediatriya ishi yo‘nalishi bo‘yicha Ukrainadagi Xarkov Milliy tibbiyot universitetining bir qator talabalari tajriba almashish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga keldi. Dars jarayonlarida katta qiziqish bilan ishtirok etgan mehmon talabalar “Simulyatsiya markazi” imkoniyatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, ular professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriliayotgan jarrohlik amaliyotlarida ham bevosita qatnashdilar.