
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiida 2025-yil 17-may kuni “Xirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.
Imtihon boshlanishdan oldin ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov yigilganlarga malakaviy imtihon o‘tkazish tartib koidasi to‘g‘risida tushuntirib berdi va barcha talabgorlarga omad tiladi.
Imtihon shartlariga ko‘ra savollar papkasi barchaning guvohligida ochilda va talabgorlar imtihon bilatlarini tanlab olishdi.
Imtihon komissiyasiga t.f.d., professor B.Abdullajonov raislik qildi. Imtihon hay’at a’zolari sifatida t.f.d., professorlar G.Xodjimatov, D.Xakimov, M.Nishanov, A.Kosimov hamda fan doktori (DSc), dotsent M.Nosirov ishtirok etdi.
Imtihonda 10 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajariyotgan talabgorlar sinovlardan muvaffakiyatli o‘tishdi.