2019-yil 30-sentyabr kuni Xitoyning Shaanxi provinsiyasi Xi’an shahrida joylashgan Shimoliy-g’arbiy universiteti antropologi doktor Zhao Dongyue , antropologiya yo’nalishi magistri Liu Haopeng va arxeologiya yo’nalishi magistri Nasibillo Kambarovlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida institut hayoti, Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasidagi eksponatlar bilan tanishib, kafedra mudiri Kaxarov Z.A. boshchiligidagi o’qituvchilar bilan o’zaro fikr almashdilar. Yakunda kelajakdagi o’zaro hamkorlik haqida kelishib olindi.