Xabaringiz bor, respublikamizga koronavirus epidemiyasining oldini olish va unga qarshi kurash maqsadida amaliy yordam berish uchun Xitoy davlatidan bir guruh mutaxassislar tashrif buyurgan.
Ular Andijon viloyatida ham bo‘lishib karantin davrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mutaxassislar viloyatda bu borada yo‘lga qo‘yilgan ishlarga ijobiy baho berish bilan bir qatorda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Xitoylik shifokorlarning viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.
Andijon viloyat SEOM matbuot xizmati