Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XIZMAT SAFARI: XALQARO HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

21:33 29.09.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Jarrohlik va urologiya kafedrasi dotsenti U.Usmonov “Tibbiyotda simulyatsion taʼlim: tajriba, rivojlanish, innovatsiyalar. ROSOMED-2022” Xalqaro konferensiya va ROSOMEDning XI-Sʼezdida ishtirok etish uchun M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida boʻldilar.

Ular konferensiya doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada namoyish etilgan zamonaviy robot-simulyatorlar, trenajyorlar va jihozlar bilan tanishdilar. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Simulyatsion oʻquv markazi faoliyati bilan tanishdilar. Konferensiya va Sʼezdning tantanali ochilishida, dastur asosida maʼruzalarda hamda mahorat darslarida ishtirok etdilar. Shuningdek, institutimiz rektori Rossiya fanlar akademiyasining akademigi, t.f.d., professor, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Fundamental tibbiyot fakultetining jarrohlik kafedrasi mudiri, Rossiyaning tibbiyotda simulyatsion taʼlim jamiyati (ROSOMED) prezidenti Kubshkin Valeriy Alekseyevich, YevroMedSim direktori, ROSOMED boshqaruv prezidiumi raisi Gorshkov Maksim Dmitriyevich, ROSOMED ijrochi direktori Kolsh Aleksandr Lvovich, “Medkompleks” MChJ direktori Chindyasov Aleksandr Yurevich va bir qator soha mutaxasislari: Andreyenko Aleksandr Aleksandrovich (Sankt-Peterburg), Zaripov Zulfiya Abdullovna (Sankt-Peterburg), Gribkov Denis Mixaylovich (Moskva), Shubina Lyubov Borisovnalar (Moskva), Koychuyev Rasul Abakarovich (Dogʻiston) bilan ham uchrashib, Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda ish olib borish,  tajriba almashish doirasida muzokaralar oʻtkazdi.

Kunning ikkinchi yarmida institut rektori M.Madazimov va dotsent U.Usmonov “A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy ilmiy tadqiqot markazi”da ham boʻldilar. Ular mazkur markaz direktori, Rossiya fanlar akademiyasi va Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, t.f.d., professor, Rossiya aritmologlar jamiyati prezidenti Revishvili Amiran Shotayevich hamda t.f.d., professor, markaz ilmiy kotibi Stepanova Yuliya Aleksandrovna bilan rasmiy uchrashuv olib bordilar. Uchrashuv chogʻida ikki tomonlama kelishuv asosida imzolangan “Yoʻl haritasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!