alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“XOʻTANARIQ” MFYDA MEHR-SAHOVAT TADBIRI

14:21 25.12.2021

“XOʻTANARIQ” MFYDA MEHR-SAHOVAT TADBIRI

Oʻzbek xalqi bayramlarni mehr-sahovat anʼanalari bilan boshlaydi doimo. Yangi yil arafasida Andijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Pediatriya fakulteti dekani oʻrinbosari K.Baydullayev va maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi xodimlari institutga biriktirilgan “Xoʻtanariq” MFYda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv avvalida oila aʼzolari bilan suhbat olib borildi. Bugungi kunda institutda muassasa va mahalla hamkorligi keng yoʻlga qoʻyilganligi, uyushmagan yoshlar uchun bepul toʻgaraklar faoliyat olib borayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Suhbatdan soʻng oila aʼzolariga bayram sovgʻalari taqdim etildi. Bunday eʼtibor va gʻamxoʻrliklardan minnatdor boʻlgan xonadon aʼzolari tashkilotchilarni duo qildilar.

Bu kabi sahovat tadbirlari boshqa mahallarda va “Mehribonlik uylari”da davom etmoqda.