Poklik va sarishtalik koʻngilni yayratadi. Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan institutimizni doimo ozoda va koʻrkamligiga chiroy bagʻishlab turgan xoʻjalik ishlari xodimalari ham Yangi yil bayrami arafasida taqdirlandilar.
Tadbirda ishtirok etgan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova bugungi kunda barcha ayollar qatori xoʻjalik ishlari xodimalari ham eʼtibor va eʼtirofda ekanligini taʼkidladilar.
Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan ayollarni madh etuvchi sheʼrlar va qoʻshiqlar yangradi.