Xo‘jaobod tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 27 nafar hamda Shahrixon tumanidagi 58-umumta’lim maktabining 14 nafar birituvchi sinf o‘quvchilari maktab o‘qituvchilari boshchiligida institutimizda bo‘ldilar. Institutimiz ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Iqboljon Sattiiboyev talabalarga yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Inkubatsiya va akseliratsiya markazi, axborot-resurs markazi va o‘quv xonalarida bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimizdan kerakli javob oldilar.