XO‘JAOBODDA “KEKSALAR SALOMATLIGI OYLIGI” DOIRASIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XO‘JAOBODDA “KEKSALAR SALOMATLIGI OYLIGI” DOIRASIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

15:50 18.08.2023

Ayni kunlarda, yoshi ulug‘ nuroniylarni sog‘lomlashtirish va ularga bo‘lgan eʼtiborni yana-da kuchaytirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab   “Keksalar salomatligi oyligi” doirasida tibbiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, mazkur oylik doirasida  viloyatimizning barcha hududlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazib kelinmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri Xo‘jaobod TTBga qarashli  Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududdagi yoshi ulug‘ nuroniylar uchun ham o‘tkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining turli mutaxassisliklarga ega bo‘lgan 12 nafar (kardiolog, endokrinolog, terapevt, otorinolaringolog, nevropatolog, ginekolog, urolog, xirurg, dermatolog, onkolog, infeksionist) malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Tibbiy ko‘rikga kelgan hududdagi 235 nafar keksa yoshdagi fuqarolarning qon bosimi o‘lchandi, klinik laborator tekshiruvlar o‘tkazilib ko‘rsatma bo‘yicha EKG, Rentgen, UTT tekshiruvlari o‘tkazildi. Ko‘ruvlar davomida yotib davolanish zarur bo‘lgan 4 nafar bemorga viloyat va 12 nafar bemorga tuman shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, sog‘ligi bo‘yicha ambulator davolanishi lozim bo‘lgan fuqarolarimizga davlatimiz tomonidan ajratilgan bepul dori-darmonlar tarqatildi. Mutaxassislar tomonidan hududdagi 2 nafar nuroniylarning xonadonlariga brogan holda tekshiruvlar o‘tkazilib,  sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!