alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“XON ATLAS” FESTIVALINING FAOL QATNASHCHILARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

17:32 28.09.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida kun davomida “Xon atlas” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda kuy-qo‘shiqlar, milliy laparlar ijrochiligi, hunarmandchilik ko‘rgazmasi, milliy liboslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Fakultetlar tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazmalar, badiiy chiqishlar Hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

“Eng yaxshi milliy qadriyat va an’analar tarnnumi” –Stomatologiya fakulteti;

“Eng yaxshi milliy rang-baranglik” – Davolash fakulteti;

“Eng yaxshi milliylik tarannumi” – Pediatriya fakulteti;

“Eng yaxshi milliy hunarmandlik” – Farmatsiya fakulteti.

Ushbu nominatsiyalar g‘oliblari bo‘lgan barcha fakultet jamoalariga institut rektori tomonidan 2 000 000 (ikki million) so‘m miqdoridagi vaucherlar taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!