Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XONOBOD SHAHRIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KOʻRIK VA SAYYOR QABUL BOʻLIB OʻTDI

18:13 24.07.2022

Xalqimizga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, tibbiyotdan rozi qilish, muammolarini oʻrganish va joyida hal etish maqsadida ayni kunlarda viloyatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan “Tibbiyotdag islohotlar – inson qadri uchun!” shiori ostida sogʻlomlashtirish aksiyasi oʻtkazilmoqda. Unda respublikamizning yetakchi mutaxassislari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

Ana shunday sogʻlomlashtirish aksiyasi Xonobod shahrida boʻlib oʻtdi. Unda institutimiz rektori M.Madazimov boshchiligida 24 nafar mutaxassislarimiz ham aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishdi. Maqsad – yurtimizning eng chekka xududlaridagi bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ularga kerakli maslahat va tavsiyalarni berishdan iborat boʻlmoqda.

Aksiya doirasida barcha yoʻnalishdagi mutaxassislar bemorlarga tashxis qoʻyib, kerakli tavsiyalarini berdilar. Ayniqsa, koʻriklar davomida eng soʻnggi texnologik tibbiy apparatlar – UTT, EKG, EXO, flyuorografiya, mammografiya, labarator tekshiruvlari, mobil oftalmolog xizmatining ham yoʻlga qoʻyilganligi mazkur tekshiruvlarga muxtoj fuqarolarimizni yanada xursand qildi.

Shuningdek, aksiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Ulugʻbek Sabirovning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Unda Xonobod aholisining murojaatlari tinglandi va joyida hal etildi. Tibbiy xizmatga, yotib davolanishga muxtoj boʻlgan fuqarolarga mutaxassislar biriktirildi, respublika va viloyat tibbiyot muassasalarida davolanishlari uchun yoʻllanmalar berildi. Eshitish apparati va nogironlik aravachasiga muxtoj fuqarolarning murojaatlari esa shu joyning oʻzidayoq qondirildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!