Ariza topshirgan talabgorlarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilib, belgilangan talablarga to‘g‘ri kelganlari “qabul qilindi”, to‘g‘ri kelmaganlari esa “rad etildi”. Bu haqda DTM xabar bermoqda (https://t.me/dtmuzb/3829).
Belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmaganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga arizalarni qabul qilish yakunlangandan so‘ng ham qayta ariza yuborishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat berildi.
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys shakllantirildi.
Arizasi qabul qilingan talabgorlar transfer.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan invoysni yuklab olishlari va Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali 14 avgustga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.