Andijon tibbiyot instituti Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasida Rossiya Federatsiyasi Akademik N.N.Budrenko nomidagi Moskva milliy ilmiy tekshirish markazi professori A.V.Kozlov ishtirokida “Gipofiz o‘smalari ” mavzusida ma’ruza hamda “Buyrak usti bezi o‘smalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Dastlab t.f.n.dotsent Sh.Yusupova so‘zga chiqib, endokrinologiya va neyroendokrinologiya muammolari, xorijlik mutaxasislar ishtirokida tashkil etilayotgan darsni ahamiyati, jahon miqyosidagi tibbiyot yangiliklari, gipofiz kasalliklari, akromegaliya va gigantizm hamda buyrak usti bezi kasalliklari, zamonaviy tashxislash, davolash usullari va profilaktikasi bo‘yicha yangi malumotlar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng Moskva milliy ilmiy tekshirish markazi professori A.V.Kozlov “Gipofiz o‘smalari” mavzusida ma’ruzani o‘qib berdi. Ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
Professori A.V.Kozlov tashrifining ikkinchi kunida mahorat darsi tashkil etilib buyrak usti bezi o‘smalari diagnostikasi va davolash hamda oldini olish usullarini yoritib berdi. Bundan tashqari, yuqoridagi kasalliklarga olib keluvchi boshqa endokrinologik va noendokrinologik kasalliklarga to‘xtalib o‘tildi. Kasalliklar haqida yetarlicha tushuncha berildi. Xorijiy mehmon ma’ruza va mahorat darsi davomida mavzu bo‘yicha bemor ko‘ruvi o‘tkazib berdi. Kasallik bo‘yicha kerakli tavsiyalar berdi.
Ishtirokchilar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va qoniqarli javoblar oldilar. Mahorat darsi davomida jahon miqyosidagi tashxis va davolash usullari bilan tanishildi. Xorijlik olim ishtirokidagi mahorat darsi kafedra professor-o‘qituvchilarining kasb mahorati yuksalishida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.