XORIJIY OLIM ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon tibbiyot instituti Gospital terapiya va endokrinologiya  kafedrasida  Rossiya Federatsiyasi Akademik N.N.Budrenko nomidagi  Moskva milliy ilmiy tekshirish markazi  professori  A.V.Kozlov ishtirokida “Gipofiz o‘smalari ” mavzusida ma’ruza hamda “Buyrak usti bezi o‘smalari” mavzusida  mahorat darsi   o‘tkazildi.

Dastlab t.f.n.dotsent Sh.Yusupova so‘zga chiqib, endokrinologiya va neyroendokrinologiya muammolari, xorijlik mutaxasislar ishtirokida tashkil etilayotgan darsni ahamiyati,  jahon miqyosidagi tibbiyot yangiliklari, gipofiz kasalliklari, akromegaliya va gigantizm hamda buyrak usti bezi kasalliklari, zamonaviy tashxislash, davolash usullari va profilaktikasi  bo‘yicha yangi malumotlar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng Moskva milliy ilmiy tekshirish markazi  professori  A.V.Kozlov “Gipofiz o‘smalari”  mavzusida ma’ruzani o‘qib berdi. Ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Professori  A.V.Kozlov tashrifining  ikkinchi  kunida mahorat darsi tashkil etilib buyrak usti bezi  o‘smalari  diagnostikasi va  davolash hamda oldini olish usullarini    yoritib berdi.  Bundan tashqari, yuqoridagi kasalliklarga  olib keluvchi boshqa endokrinologik va noendokrinologik kasalliklarga to‘xtalib o‘tildi. Kasalliklar  haqida yetarlicha tushuncha berildi. Xorijiy mehmon  ma’ruza va mahorat darsi davomida mavzu bo‘yicha bemor ko‘ruvi o‘tkazib berdi. Kasallik bo‘yicha kerakli tavsiyalar berdi.

Ishtirokchilar   mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va qoniqarli javoblar oldilar. Mahorat darsi davomida jahon  miqyosidagi  tashxis va  davolash usullari bilan tanishildi. Xorijlik olim ishtirokidagi mahorat darsi kafedra professor-o‘qituvchilarining kasb mahorati yuksalishida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

184