Skip to content XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDA “DIABETOLOGIYA BUGUN” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDA “DIABETOLOGIYA BUGUN” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

17:29 13.11.2023

Bugun, 13-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 14-noyabr – Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan xorijiy olimlar ishtirokida “Diabetologiya bugun” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Mazkur anjuman Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi hamda I.I.Mechnikov nomli shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti  bilan hamkorlikda onlayn shaklda videokonferensiya  tashkil qilindi.

Anjumanni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, ma’ruzachilar tomonidan “1-toifa diabet bilan og’rigan bemorlarni davolash bo’yicha milliy klinik ko‘rsatmalar”, “1-toifa diabetning o‘tkir asoratlari: ketoatsidotik koma, etiopatogenez, klinik ko‘rinish, diagnostika, davolash”, “Glyukoza miqdorini doimiy monitoring qilishda keng tarqalgan xatolar”, “Insulin pompasi terapiyasining asosiy xatolari”, “1-toifa diabet bilan og‘rigan odamlarda tashvish va depressiv kasalliklar” kabi qator, dolzarb mavzularda  ma’ruzalar o‘qildi.

Tinglovchilar ma’ruzalardan mavzuga doir muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

adti.uz
Would like to send you notifications