Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJIY TALABALAR UCHUN MAROQLI YOZ MAVSUMI

22:23 01.08.2022

Horijiy talabalar yozni Oʻzbekistonning qaynoq bagʻrida oʻtkazishga qaror qilishdi. Bugundan yozgi maktab dasturiga start berildi. Institut hovlisida tantanali kutib olingan maktab qatnashuvchilariga milliy raqslar guldastasi taqdim etildi. Ularga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor K.Salohiddinov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov omad tilab, maktab dasturlari bilan tanishtirdi.

Marosimdan soʻng amaliy mashqlar boshlanib ketdi. Turli holatlar aks etgan sahna koʻrinishlari yoshlarning tibbiy bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Yaʼni kutilmagan holatlarga duch kelgan talabalar oʻzlarini yoʻqotmagan holda bemorga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatdilar.

Ilk jarayonlardan muvafaqqiyatli oʻtgan talabalarga yetakchi mutaxassislar tomonidan ertadan boshlab rejalashtirilgan master klass va treninglar olib boriladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!