XORIJLIK MEHMONLAR ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJLIK MEHMONLAR ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

16:07 15.10.2025

Bugun, 15-oktabr kuni, “Akademik mobillik” dasturi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti Filologiya kafedrasining 13 nafar professor-o‘qituvchilari Andijon davlat tibbiyot institutiga kelib, institut bilan yaqindan tanishdi.

Ular bilan institut rektori M.Madazimov uchrashib, suhbatlashdi. Uchrashuv chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida olib borilayotgan ilmiy-uslubiy hamkorlik, akademik almashinuv, madaniy va do‘stona aloqalarni yanada kengaytirish borasida fikr almashildi.

O‘sh davlat universiteti vakillari institut rektoriga esdalik sovg‘asi topshirishdi, bu esa ikki tomonlama samimiy munosabatlarning yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Tashrifning keyingi qismida, ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov xorijlik professor-o‘qituvchilarga institut faoliyati, o‘quv va ilmiy yo‘nalishlar, shuningdek, Simulyatsiya va attestatsiya markazining zamonaviy texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Bunday tashriflar nafaqat ikki oliygoh o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga, balki xalqaro do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Skip to content