Bugun, 16-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida ozarbayjonlik taniqli mutaxassis, Ozarbayjon minimal invaziv jarrohlar jamiyati prezidenti Qurbonxon Muslumov tomonidan “Jarrohlikda yangi realliklar” mavzusida ma’ruza darslari bo‘lib o‘tdi.



Unda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari masofaviy tarzda ishtirok etdi. Xorijlik mutaxassis tomonidan mavzu atroflicha tushuntirilib, amaliy jarayonlar yordamida bilimlar mustahkamlandi.
Shu bilan birga kunning ikkinchi yarmida jonli jarrohlik – laparoskopik Whippleamaliyotini ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


