alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJLIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN VA MAHORAT DARSLARI O‘TKAZILDI

10:06 04.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida 1–3-may kunlari institutning nevrologiya va neyroxirurgiya kafedralari ilmiy ko‘magida “Zamonaviy tibbiyotda Parkinson va Essensial tremor kasalligini davolashda erishilgan yutuqlar hamda perspektivalar” mavzusida xorijlik olimlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman va master-klasslar o‘tkazildi.

Unda Rossiya Federatsiyasi federal davlat byudjeti muassasasi (FDBM) miya va neyrotexnologiya markazi neyroxirurgiya bo‘limi t.f.n., neyroxirurg Vidjay Djafarov, nevrolog Mariya Djafarova, institut Nevralogiya kafedrasi mudiri U.Abduqodirov, professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida Parkinson va Essensial tremor kasalligini davolashda zamonaviy usullarning qo‘llanishi, erishilgan yutuqlar hamda davolash jarayonlari haqida mutaxassislar batafsil maʼlumotlarni berib o‘tdilar. Maʼruzalar davomida tinglovchilar kasallikning yangi usullarda davolash haqida bilib oldilar va yakunda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!