Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasi Stavropol davlat tibbiyot universiteti Ortopedik stomatologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Y.A.Vakushina va kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi A.Y.Bragin tashrif buyurdilar.
Xorijlik mutaxassislar tomonidan institutda Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida Stomatologiya fakultetining 4-5-bosqich talabalariga mutaxassislik fanlaridan maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi boshlandi. Darslar 5-mayga qadar davom etadi.
Shuningdek, tashrif davomida ilmiy-amaliy anjuman hamda mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.