XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN MAHORAT DARSLARI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN MAHORAT DARSLARI O‘TKAZILDI

17:17 25.06.2024

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlari Milliy universiteti (National University)ning 3 nafar professori va ularning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislardan iborat jamoasi Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib turibdi.

Mutaxassislar 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi hamda  Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassаsasi Andijon viloyati filialida bo‘lib,  kafedra va markaz faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, AQSh Milliy universiteti professori  Gina Marie Piane tomonidan “Interventions to promote maternal health” (Onalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar) mavzusida kafedra professor-o‘qituvchilar, magistr va ordinatorlarga seminar o‘tkazildi. Seminarda akusherlik va ginekologiya yordamini ko‘rsatish, reproduktiv salomatlikni shakllantirish, sog‘lom oilani rejalashtirish,  sog‘lom homiladorlikni ta’minlash, prenatal va neonatal skrining jarayonlarini amalga oshirish, onalar va go‘daklar o‘limini qisqartirish masalalarida klinik-amaliy mahorat darslari o‘tkazildi.

Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi. Tomonlar kelajakda hamkorlikni davom ettirish haqida kelishib oldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!