alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJLIK TALABALARIMIZ BALIQCHI TUMANIDA SAYOHATDA BO‘LDILAR

01:43 15.04.2023

“Turizm oyligi” doirasida Andijon davlat tibbiyot institutining Hindiston, Pokiston, Nepal hamda Koreya davlatlaridan kelgan talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida viloyatimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil qilinmoqda.

Ularning bu galgi sayohat manzili Baliqchi tumanidagi madaniy va arxeologiya meros obyektlari bo‘ldi. Talabalarga tumandagi tarixiy manzillar ulardagi arxeologik topilmalar mutaxassislar tomonidan tanishtirildi.

Qoradaryo bo‘ylarida baliq ovlash jarayonida qatnashib, katta Andijon kanalining shiddatli oqimini tomosha qildilar.

Keyingi manzil esa o‘zining 2000 yillik tarixiga ega bo‘lgan «Sortepa» tepaligining jozibador qizg‘aldoqlari bo‘ldi. Musavvir tabiatning yashil va alvon ranglarni mahorat bilan uyg‘unlashtirib, yaratgan go‘zalligidan bahramand bo‘ldilar.

Tumanda joylashgan «Uchbuloq» ziyoratgohida esa uning tarixi, o‘ziga xos jihatlari haqida maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Ushbu kun sayohatining yakuni tumandagi 50-IDUMda bo‘ldi. Bu joyda ona-tili fani o‘qituvchisi X.Azimova tashabbusi, o‘quvchilar bilan birgalikda tashkil etilgan muzeydan joy olgan tarixiy buyumlar bilan tanishib ular haqida qiziqarli yangiliklarni bilib oldilar. Maktab o‘qituvchilari hamda xorijlik talabalarimiz milliy qo‘shiqlar bellashuvini o‘tkazdilar va bu orqali o‘zlarining ijodiy mahoratlarini namoyish qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!