2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 67-maqsadida ham Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarda sport tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, Pediatriya fakulteti xodimlari tomonidan “Xo‘tanariq” MFYda ham voleybol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkillandi.
Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni maqsad qilgan yoshlar do‘stlari davrasida mazza qilib bellashuv olib bordilar.