XOTIN-QIZLAR ISHTIROKIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOTIN-QIZLAR ISHTIROKIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR

16:30 13.02.2026

Andijon davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi tomonidan talaba-qizlar uchun “Xotin-qizlar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va radikallashuvning oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslaxatchisi G.Xolmatova, Andijon viloyati bosh targ‘ibotchisi M.Qodirova, “Mehr 1” operatsiyasi ishtirokchisi M.Abdujabborova ishtirok etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyat va oila hayotidagi o‘rni, ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy salohiyati yoshlar kelajagini belgilashda muhim ekanligini ta’kidlandi. Shuningdek, u separatizm va mutaassiblik g‘oyalari, ularning salbiy oqibatlari hamda bu kabi tahdidlardan himoyalanish choralari haqida so‘z bordi. Shuningdek, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash, oila institutini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida ota-onalarga, ayniqsa onalarga, bola tarbiyasida hal qiluvchi o‘rin tutishini eslatib, xotin-qizlarning ma’naviy salohiyatini oshirish, ularga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali jamiyatda barqarorlik va tinchlikni ta’minlash mumkinligini tushuntirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 4-sentabrdagi 284-sonli buyrug‘i va institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatildi.

Tadbir davomida talaba-qizlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javoblar berishdi.

Skip to content