Skip to content XOTIN-QIZLAR MASALASI HAMISHA DOLZARB – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOTIN-QIZLAR MASALASI HAMISHA DOLZARB

00:04 22.09.2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 15-sentabrdagi 419-sonli buyrug‘iga asosan, Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi va a’zolari faoliyati hamda  ularga yaratilgan shart-sharoitlar Vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

Vazirlik ishchi guruhi a’zolari G.Xudayberdiyeva va B.Tursunovalarni institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G. Xolmatova kutib oldi va institutda xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil qilingan “Qizlarjon” klubi uning doirasida faoliyat yuritayotgan chevarlik, pazzandalik to‘garaklari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, institutda xotin-qizlar  bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, ijarada yashovchi talaba-qizlar bilan olib borilayotgan, ularning ota-onalari bilan hamkorlikda bajariladigan ishlarning yo‘lga qo‘yilganligi haqida aytib o‘tildi.

Ishchi guruh tomonidan institutda xotin-qizlar masalasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etilib, kelgusida ham shu kabi faollikda davom etish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berildi. Zero, ayolga e’tibor, jamiyatga e’tibor demakdir.

Click to listen highlighted text!