
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida ayol professor-o’qituvchilar, xodimalar va talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual turniri o‘tkaziladi.
Turnirda institutning ayol xodimalari, talaba-qizlaridan tashkil topgan, 6 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar qatnashishi mumkin.
Jamoalar tarkibi istalgan shaklda tuzilishi mumkin. Ya’ni bunda bir jamoa tarkibida talaba-qizlar va xodimalar birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Turnir joriy yilning 3-mart kuni soat 15:00 da institutning asosiy binosida o’tkaziladi.
Turnirda ishtirok etish istagidagi jamoalarning sardorlari quyidagi Telegram manziliga jamoa nomi va tarkibini to’liq yozgan holda yuborishlari shart: @shoxjahon_abduraxmonov
Ro’yxatdan o’tish muddatining so’nggi kuni: 2-mart kuni soat: 17:00 ga qadar.