Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XOTIRA AZIZ – QADR MUQADDAS

15:56 07.05.2022

Inson yaxshi mehnati va fazilatlari bilan qadrlanadi. 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida Stomatologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha mas’ul, tyutori S.Tadjbayeva rahbarligida tadbir o‘tkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, faxriy ustozlar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida institut rektori institutda samarali faoliyat olib borgan ustozlarning ibratli hayot yo‘li, ularning boy tajribalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Ekranda esa zaxmatkash ustozlar to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng faxriylarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Tadbir davomida o‘zining ilmiy ishlari bilan shogirdlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Odil Salohiddinov hamda Xakimaxon Chartakova ham so‘z olib, bugungi kunda o‘tganlarni yod etish, xotirasini abadiylashtirish, keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlarni qadrlash, keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor to‘g‘risda to‘lqinlanib fikr bildirdilar.

 

Iqtidorli talabalar ijrosida urush yillarini yodga soluvchi front orti hayoti aks etgan sahna ko‘rinishi taqdim etildi. Mumtoz va milliy qo‘shiqlarga talabalar qatori ustozlar ham o‘yinga tushib zavq oldilar. Tadbir o‘zgacha kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!