Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchi talabalarini ish bilan taʼminlash maqsadida Sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan doimiy hamkorlik oʻrnatilgan. Bu borada viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan oilaviy shifokor lavozimi uchun aniqlangan 118 ta boʻsh ish oʻrniga talabalar biriktirilgan edi. Mazkur tajriba endi Namangan va Fargʻona viloyatida ham shakllantirilmoqda.
Institutda Namangan va Fargʻona viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida talabalarni ishga taqsimlash mavzusida onlayn muloqot oʻtkazildi.
Muloqotda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi hamda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.
Dastavval Andijon davlat tibbiyot institutini 2022-yil Namangan va Fargʻona viloyatlari boʻyicha bitiruvchilar soni toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi. Har ikki viloyatda oilaviy shifokor lavozimi uchun mavjud boʻsh ish oʻrinlariga 534 nafar bitiruvchi talaba biriktirildi, yaʼni ish bilan taʼminlandi.
Muloqot davomida bitiruvchi talabalarning muammo va kamchiliklari ham oʻrganib chiqildi.