“Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasidagi tadbirlarda ko‘plab bemorlarning og‘iri yengil bo‘lmoqda. Viloyat ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. V.Vohidov nomidagi ixtisoslashgan xirurgiya markazi bosh vrachi t.f.d. R.E.Ligay hamda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari bilan hamkorlikda mazkur aksiya davom etdi. Bemorda dolixosigma va diafragma relaksatsiyasi tashxisi bilan sigmasimon ichak rezeksiyasi va diafragma plastikasi operatsiyasi amalga oshirildi. Hozirda bemorning ahvoli juda yaxshi.