YANGI OʻQUV YILINING ILK KUNLARIDA PROFILAKTIK TADBIR OʻTKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI OʻQUV YILINING ILK KUNLARIDA PROFILAKTIK TADBIR OʻTKAZILDI

21:22 06.09.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari yangi oʻquv yilining ilk kunlaridanoq profilaktik tadbirlarni oʻtkazishni boshlab yuborishdi.  Institutning 2-oʻquv binosida Davolash fakultetining 2-,4-bosqich talabalari oʻrtasida mazkur tadbir olib borildi. Unda talabalarning darslarda ishtirok etish davomati, taʼlim sifatini oshirish, odob-ahloq, kiyinish qoidalariga rioya qilish, dars jarayonlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik kabi mavzularda maʼlumot va tushunchalar berildi.

Shuningdek, Mikrobiologiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar, Ijtimoiy gigiyena va SSB, Umumiy gigiyena kafedralaridagi professor-oʻqituvchilar bilan ham suhbat oʻtkazildi. Unda oʻqituvchilarga har bir darslarni qoldirmay oʻtkazish, talabalarni baholash mezonlarida adolat va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratishlari tushuntirib oʻtildi.

Skip to content