Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida «Nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash » shiori ostida 12-may «Xalqaro hamshiralar kuni»ga bagʻishlab «Yangi Oʻzbekiston hamshirasi» koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda VKTRMB boshligʻi oʻrinbosari I.Jakbarov va viloyat DPMlaridan hamshiralik ishi mutaxassislaridan iborat hayat a’zolari ishtirok etdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar aholiga birinchi tibbiy xizmat koʻrsatish, xatlovdan oʻtkazish, bemorlar bilan ishlashda ahamiyat qaratish lozim boʻlgan amaliy jarayonlar borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Koʻrik -tanlov gʻoliblari va ishtirokchilari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.