Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YANGI OʻZBEKISTONNING TINCHLIGI, FAROVONLIGI VA TARAQQIYOTI YOʻLIDA BIRLASHAYLIK!” UMUMIY SHIORI OSTIDAGI TADBIR

21:32 24.05.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida  “Adolat” SDP Andijon viloyat kengashi tomonidan “Yangi Oʻzbekistonning tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti yoʻlida birlashaylik!” umumiy shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda partiya faollari bilan bir qatorda institut yoshlari ham ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Partiyaning siyosiy kengashi raisi oʻrinbosari A.Rahmonov, viloyat kengashi raisi, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov “Yoshlar qanoti” aʼzolari orasida iqtidorli yigit-qizlar koʻpchilikni tashkil etayotgani, kam taʼminlangan va ehtiyojmand aholimizni, ayniqsa, ayollarimizni qoʻllab-quvvatlashda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtdilar.

Shuningdek, tadbirda soʻz olgan yoshlar oʻzlari erishayotgan yutuqlari bilan oʻrtoqlashdilar. Talabalar ijrosidagi “Andijon polkasi” raqsi barchani davraga chorladi. Qoʻshiqlar dasturi raqslarda davom etdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!