
Bugun, 16-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Amerika Qo‘shma Shtatlari Webster University akademik direktori Anthony Jarvis hamda Webster University Toshkent filiali ijrochi direktori R.Rahmonovni qabul qildi.
Uchrashuv davomida har uch oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirishni takomillashtirish, chet tillarida o‘qitishni yanada rivojlantirish, talabalar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, asosiysi, Webster University va Andijon davlat tibbiyot instituti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi doirasida “Hamshiralik ishi” yo‘nalishini ochish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Kelishuvlar ma’qullanib, yangi 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab 4 yillik bakalavriyat bosqichida “Hamshiralik ishi” yo‘nalishini ochish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Uchrashuv so‘nggida har uch tomon mazkur hamkorlikni yanada kengaytirish va ta’lim jarayonlari davomida bunday uchrashuvlarni ko‘proq amalga oshirishga kelishib olishdi.