Bugun, 29-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida yangi o‘quv yilining 1-ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Kengash yig’ilishi ko’tarinki ruhda boshlandi hamda institutning bir necha professor-o‘qituvchilariga ilmiy unvon hamda ilmiy darajalar topshirildi. Yozgi ta’til davrida respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar taqdirlandi.
Shuningdek, kun tartibidan o‘rin olgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligiga tayyorgarlik, 2024/2025-o‘quv yiliga hamda institut binolari va talabalar turar joylarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.