Bugun, 19-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi dotsenti M.Qo‘ziboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi M.Umarxo‘jayeva, «Oqila ayollar harakati» a’zolari va faol ayol-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda oila va xotin-qizlar, ularning ta’limi, ilmiy faoliyat olib borishlariga qaratilgan e’tibor, buning natijasida esa olima ayollarning safi yanada kengayib borayotganligi haqida so‘z yuritdi. Ayollarning baxtli bo‘lishi, oilasini mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida aytib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirning badiiy qismida Andijon shahridagi 1-son musiqa maktabi o‘quvchilari, san’at sohasining kichik vakillari, institutning iqtidorli jamoasi tomonidan kuy, qo‘shiq va raqslar mahorat bilan ijro etildi. Ularning qiziqarli chiqishlari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.