alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Andijon shahrida

15:39 13.11.2020

Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Andijon shahrida zo‘r ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.


Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlarini doktori, professor M.M.Madazimov rahbarligidagi targ‘ibot guruhi maxsus dasturga ko‘ra Andijon shahridagi 9-, 11-, 28-, 29-, 31-, 37-, 49-umumta’lim maktablarida bo‘ldi.


Targ‘ibotchilar avvalo maktablar hayoti bilan yaqindan tanishdilar, o‘quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular  tomonidan qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan ko‘rgazmalardan baharmand bo‘ldilar.


5 ta muhim tashabbusni hayotimizga samarali tatbiq etish maqsadida ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida xalq farovonligi va yurt tinchligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning keyingi yillarda jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, ijtimoiy hayotga tatbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan fikrlar bildirdilar. O‘z o‘rnida maktablar vakillari xam mamlakatda amalga oshtrilayotgan islohotlarga o‘z munosabatlarini bildirdilar.


“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar aholining kayfiyatini ko‘tarish, ularda yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, o‘zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!